Tezdukon logotipi Tezdukon

Telegram Mini App platformasi

Telegramda do‘kon, menyu va bron. 5 daqiqada.

Kod yozmasdan o‘z Telegram botingiz va Mini App do‘koningizni oching. Mijozlar katalogdan tanlaydi, buyurtma beradi — siz esa ombor, xodimlar va yetkazib berishni bitta panelda boshqarasiz.

Savdo uchun kerak bo‘lgan hamma narsa — bitta joyda

Telegram do‘kon

O‘z botingiz va Mini App: katalog, toifalar, qidiruv, savat va buyurtma — mijoz Telegram’dan chiqmaydi.

Ombor va qoldiq

Kirim, hisobdan chiqarish, inventarizatsiya. Buyurtma tasdiqlanganda qoldiq avtomatik kamayadi.

Buyurtma va yetkazib berish

Yangi buyurtma darhol botga keladi. Kuryer biriktiring, holatni kuzating — mijoz har qadamdan xabardor.

Xodimlar va rollar

Operator, omborchi, kassir, kuryer — har kim o‘z paneliga kiradi. Bir xodim bir nechta rolda ishlashi mumkin.

O‘zbek va rus tilida

Do‘kon ham, panel ham ikki tilda to‘liq ishlaydi. Mijoz tilini Telegram’dan avtomatik aniqlaymiz.

To‘lovlar Click — tez orada

Naqd yoki kartaga o‘tkazma: mijoz chekni botga yuboradi, siz panelda tasdiqlaysiz.

3 qadamda ishga tushiring

  1. 1

    Bot oching

    @BotFather’da bot yarating va tokenni Tezdukon’ga ulang.

  2. 2

    Mahsulot qo‘shing

    Ro‘yxatni Excel/CSV’dan import qiling yoki panelda qo‘shing, narx qo‘ying.

  3. 3

    Buyurtma qabul qiling

    Mijozlar botda “Buyurtma berish” tugmasini bosadi — buyurtma darhol sizga keladi.

Bugun boshlang — bepul.

@tezdukon_bot

Tariflar

Kichik do‘kon bepul boshlaydi. Biznes o‘sganda tarifni istalgan vaqtda o‘zgartirasiz. Ma’lumotlaringiz hech qachon o‘chib ketmaydi.

Boshlang‘ich

0 so‘m/oy

  • ✓ 1 ta do‘kon
  • ✓ 3 tagacha xodim
  • ✓ Mahsulot va buyurtmalar cheklovsiz
  • ✓ Telegram bot va Mini App do‘kon
Eng ko‘p tanlanadi

Biznes

199 000 so‘m/oy

  • ✓ 1 ta do‘kon
  • ✓ Cheksiz xodim
  • ✓ Ombor, kuryer va oylik hisobotlari
  • ✓ Ombor harakati tarixi

Tarmoq

399 000 so‘m/oy

  • ✓ 5 tagacha do‘kon yoki ombor
  • ✓ Cheksiz xodim
  • ✓ Biznes tarifidagi hammasi
  • ✓ Ustuvor yordam

Yillik to‘lovda 2 oy bepul. Pullik tariflarda 30 kunlik bepul sinov, karta talab qilinmaydi. To‘lov usullari hali ulanmagan — hozircha tarifni o‘zgartirish uchun @TezdukonSupport ga yozing.